Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada 80dan ortiq issiq bekatlar tashkil qilinadi
Qozog‘iston poytaxtida 80dan ortiq issiq bekatlar paydo bo‘ladi. Bu haqda “Astana LRT” MChB transport direktori Rustam Xalilev bayonot berdi.
“82ta issiq bekatlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi Novosti-Kazaxstan axborot agentligi.
Bu yangilik “Ostona-Invest” forumi doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida yangradi.
Bunday turdagi birinchi bekat kuzatuv kameralari bilan ta'minlanadi, shuningdek, u bepul internetga ega bo‘ladi.
Ilgariroq 2015 yil oxiriga qadar shaharda ijtimoiy muhim obektlar yaqinida joylashadigan 55ta isitiluvchi bekat qurilishi xabar qilingan edi.