O‘zbekiston Dushanbedagi MDH davlatlari bosh vazirlari kengashiga yuboriladigan delegatsiya tarkibi borasida hali bir to‘xtamga kelmadi
Tojikiston prezidenti 30 oktabrda MDH davlatlari hukumatlar rahbarlari kengashi ishtirokchilarini qabul qiladi va ular oldida nutq so‘zlaydi, deb xabar berdi Tojikiston hukumatidagi manba.
Manbaning aytishicha, Tojikiston yetakchisining MDH davlatlari bosh vazirlari bilan uchrashuvi Dushanbedagi Millat saroyida bo‘lib o‘tadi.
MDH davlatlari bosh vazirlari kengashi yig‘ilishi esa 2016 yil sentabr oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tgan poytaxtdagi Kohi Navro‘z majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Kengash yig‘ilishlari avval tor, keyin kengaytirilgan tarkibda o‘tadi.
MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishidan so‘ng OAV vakillari uchun yig‘ilish qatnashchilarining ishtirokidagi matbuot-anjumani bo‘lib o‘tadi.
Dushanbega Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Moldova, Ozarbayjon va Belarus bosh vazirlarining tashrifi kutilmoqda, ularga tojikistonlik hamkasblari Qohir Rasulzoda qo‘shiladi.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston va Turkmanistongina o‘z delegatsiyalarining tarkibi borasida hali bir to‘xtamga kelishgani yo‘q.
Ukraina MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi.