Jamiyat | 09:46 / 28.10.2015
2136
1 daqiqa o‘qiladi

Pensilvaniyada universitet talabalari ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi

AQShning Pensilvaniya shtatida avtobus va yengil avtomobil o‘zaro to‘qnashib ketishi tufayli halokatli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, avtobusda Lexay universiteti talabalari ekskursiya uchun ketayotgan bo‘lgan. Yuz bergan to‘qnashuv tufayli yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, talabalar orasida jiddiy shikastlanganlar yo‘q.

Voqea joyidan olingan fotosuratda bunday holatlar ehtimollarini hisobga olgan holda tayyorlangan, 20 talaba uchun mo‘ljallangan avtobusni ko‘rish mumkin.

Politsiya hodisani o‘rganmoqda, universitet tomonidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish