Texnologiya | 16:15 / 28.10.2015
2837
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung O‘zbekistonda LED-monitorlar ishlab chiqarishni kengaytiradi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi O‘zbekistonning Artel kompaniyasi bilan hamkorlikda kelasi yili O‘zbekistonda LED-monitorlar ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya xodimi Sputnik agentligi bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

Aytilishicha, 2015 yil avgustida Zominda ish boshlagan zavod 2 oy ichida yuqori samaradorlik ko‘rsatib, O‘zbekiston bozorining kengligini va qo‘shni davlatlarning qiziqishini namoyish etib bera oldi.
“Bu O‘zbekistondagi birinchi tajriba, shu bois hozirning o‘zidanoq mahsulotimizga bo‘lgan ehtiyojni his qilmoqdamiz. Bu talab nafaqat mahalliy dilerlar, balki xorijiy kompaniyalar tomonidan kelmoqda.

Shu bois ishimiz unumdorligi o‘smoqda”, - ma'lum qildi agentlik suhbatdoshi.
Bugungi kunda korxona Samsung brendi ostida 19 va 22 dyuymli 2 modeldagi monitorlarni ishlab chiqarmoqda. 2016 yil oxiriga kelib 27 dyuymli yana bir turdagi monitor ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish