Jahon | 21:38 / 28.10.2015
12171
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya Qurolli kuchlari: Turkiyadan kelgan samolyotlar IShIDning 500 jangarisini Suriyadan olib chiqib ketdi

Turkiyadan Yamanga kelgan samolyotlar IShIDning 500 jangarisini Suriyadan olib chiqib ketdi, deb xabar bermoqda Suriya Qurolli kuchlari rasmiy vakili, general Ali Mayxub.

“Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, 26 oktabrda Adan aeroportiga Turkiyadan 4ta samolyot keldi. Ulardan ikkitasi turk avialiniyalariga, bittasi Qatar avialiniyalariga va yana bittasi BAA avialiniyalariga tegishli bo‘lgan. Bu samolyotlarning bortlarida IShIDning 500 nafardan ko‘proq jangarisi bo‘lgan, ular Suriyadan Rossiya aviazarbalaridan qutqarish maqsadida olib chiqilgan”, deb aytdi Ali Mayxub.

“Jangarilarni koalitsiya zobitlari kutib olgan. Ular jangarilarni aeroportda uch guruh qilib olib chiqib ketgan. Birinchi guruh Mandab viloyatidagi Al-Bob shahriga, ikkinchi guruh Ma'ribga, uchinchisi Saudiya Arabistonining Jazan va Asir viloyatlariga yo‘l olgan. Jangarilar oxirgi kunlarda husiychilar bilan janglarda katta talofat ko‘rgan koalitsiyaning quruqlikdagi operatsiyalarida ishtirok etishi kerak. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, IShID jangarilarini Suriyadan olib chiqib ketish bo‘yicha operatsiyalar yaqin orada davom ettiriladi”, deb aytdi Mayxub.

Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya aviatsiyasi zarbalaridan jangarilar chekinishni boshlagan va Suriya qo‘shinlari bilan to‘qnashish liniyasida katta qurol-aslaha va texnikadan mahrum bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish