Fan-texnika | 14:06 / 28.10.2015
3879
1 daqiqa o‘qiladi
Toyota Tokio avtosalonida vodorodli avtomobilni taqdim etdi
Bugun, 20 oktabr kuni Yaponiya poytaxtida boshlangan Tokyo Motor Show 2015 avtosalonida ekologiya va energiyaning yangi turlari asosiy trendga aylandi.
Jumladan, Toyota avtokonserni vodorodda ishlaydigan FCV Plus kontsept-kari taqdimotini o‘tkazdi. Aytilishicha, u foydalanilmagan elektr quvvatini boshqalarga ulashishi mumkin.
“Qisqasini aytganda, bu batareya yoki g‘ildirakdagi elektr stansiyasidir, - tushuntirdi kompaniya vakili.
- FCV Plus avtomobili energiyani ortig‘i bilan ishlab chiqarib, uni uyga xizmat ko‘rsatish yoki tuman elektr tizimiga uzatishi mumkin bo‘ladi”.
Mashinaning yaroqlilik muddati o‘tgach, undan uyda ishlatiladigan generator sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi.