Jahon | 17:59 / 28.10.2015
2998
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prokuraturasi IShIDning Anqaradagi teraktga aloqadorligini aniqladi

Turkiya prokuraturasi IShID jangarilarining Anqarada sodir etilgan teraktga aloqadorligini ko‘rsatadigan aniq dalillar topilganini xabar qildi.

Aytilishicha, IShIDning bu jinoyatni sodir etish uchun javobgar yacheykasi mamlakat janubidagi Gaziantep shahrida berkinmoqda.
Anqaradagi portlashlarning tashkilotchilari mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyatni chalkashtirib yuborib, 1 noyabrga mo‘ljallangan saylovlarning bekor qilinishiga erishmoqchi bo‘lishgani aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish