Sport | 14:25 / 28.10.2015
2943
1 daqiqa o‘qiladi

Zlatan Ibrohimovich Bekhem tuzadigan jamoa futbolchisi bo‘lishi mumkin

PSJ jamoasining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrohimovich faoliyatini MLSda davom ettirishni rejalashtirmoqda.

L'Equipe nashrida yozilishicha, parijliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadigan 34 yoshli futbolchi o‘zining sobiq jamoadoshi va sobiq futbolchi Devid Bekhem tomonidan tuziladigan jamoa a'zosi aylanishi mumkin.

Bundan avvalroq, Bekhem Mayamida «Manchester Yunayted»ga o‘xshash jamoa tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Ibrohimovich joriy mavsumda PSJ safida 11 o‘yinda ishtirok etib, 7ta gol urdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish