Jahon | 22:28 / 29.10.2015
5493
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat departamenti: Rossiya va Eronning ishtiroki Suriyadagi vaziyatni o‘zgartirib yubordi

Rossiya va Eronning ishtiroki Suriyadagi vaziyatni o‘zgartirib yubordi, deb xabar qilmoqda RIA “Novosti” AQSh davlat departamenti maslahatchisi Tomas Shennonning ma'lumotiga asoslanib.

“Rossiya va Eronning ishtiroki Suriyada yangi dinamika paydo qildi. Shu sababdan ham AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya va Eron IShID va terrorizmga qarshi kurashishi hamda Asadning hukumat tepasidan ketishiga ko‘maklashishiga ishonch hosil qilish zarur ekanligini ta'kidladi”, — dedi Shennon.

Avvalroq AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi Suriyadagi inqirozni tartibga solish uchun AQSh, Rossiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Misr, Qatar, Livan, Yevropa Ittifoqi va Fransiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish