Jahon | 09:23 / 29.10.2015
2440
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya va XXR Janubiy Xitoy dengizida qo‘shma o‘quvlar o‘tkazishadi

Avstraliyaning 2 harbiy kemasi keyingi hafta boshida XXR bilan hamkorlikda Janubiy Xitoy dengizida o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Bu haqda 29 oktabr kuni Avstraliya harbiy dengiz kuchlaridagi manbalarga tayangan holda Australian nashri xabar berdi.

Bunday manyovrlarning o‘tkazilishi rejalari joriy yilning boshida e'lon qilingan edi. Ammo oxirgi kunlarda AQSh dengizdagi Spratli arxipelagiga USS Lassen eskadrilya mina tashuvchisini yuborganidan so‘ng bu reja bekor qilinishi mumkinligi aytilayotgan edi.

Avstraliya mudofaa vaziri Maris Peyn Vashingtonning qarorini qo‘llab-quvvatlaganiga qaramay, Avstraliya bu harakatlarda ishtirok etmasligini hamda eski rejalar bekor qilinmaslgini ta'kidladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish