Jahon | 09:40 / 29.10.2015
2599
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Suriya inqirozini hal etishda AQSh va Rossiyada “umumiy yondashuvlar” mavjudligini aytdi

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining ma'lum qilishicha, AQSh va Rossiyada Suriyadagi inqirozni tartibga solish uchun “umumiy yondashuv”lar bor. U bu haqda Yaqin Sharq masalasida Vashingtonda qilgan chiqishi vaqtida aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda TASS.

Uning ta'kidlashicha, “munosabatlardagi hozirgi holat saqlanib qolmasligi kerak”. Davlat kotibi Suriyadagi IShID terreorchilik guruhi jangarilarini batamom yo‘q qilish va Suriyada yagona va dunyoviy mamlakat qurish lozimligigi ta'kidlab o‘tdi.

Kerri yana shuni qo‘shimcha qildiki, Suriya xalqi irodasiga o‘zlari istagan kelajakdagi Suriya davlatini qurishga imkon bermoq lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, u aynan mana shu masala yuzasidan Suriya masalasida Venada tashkillashtirilgan uchrashuvga ketayotganini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish