Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:45 / 29.10.2015
3574
1 daqiqa o‘qiladi
Koalitsiya samolyotlari Iroq hududida IShID jangarilarining 13ta bazasiga zarba yo‘lladi
AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya samolyotlari IShIDning Iroqdagi bazalariga qarata 13 marta havo zarbalarini amalga oshirdi.
Amerikalik harbiylar ma'lumotnomasida aytilishicha, bu hujumlar orqali jangarilarning qurolxonalari, kemalari va harbiy bazalari yo‘q qilingan.
Hujumlar Iroqning 6ta shahri hududida (shu jumladan Ramadi va Mosul) amalga oshirilgan.
Suriyada havo hujumi amalga oshirilmagan.