Jamiyat | 16:49 / 29.10.2015
9020
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada ayollarga OITS yuqtirishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida savdo markazlaridan birida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

“O‘zbekiston fuqarosi yonida hech qanday zarur hujjatlar yo‘q edi, barcha ma'lumotlar bazasi bo‘yicha qidirilganidan so‘ng u o‘z vatanida OITSga chalingani sababli qidiruvga berilgan fuqaro bo‘lib chiqdi”, - deyiladi Rossiya ommaviy axborot vositalari xabarida.

Qo‘lga olingan shaxs yaqin kunlarda O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 113- moddasiga binoan, boshqa shaxslarga OIV/OIST yuqtirishga harakat qilish 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish jazosi tayinlanishiga asos bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish