Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:37 / 29.10.2015
2350
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik dzyudochilar BAAdagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi
30 oktabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi navbatdagi yirik musobaqa start oladi.
Ikki kun davom etadigan turnirda o‘zbekistonlik 7 nafar sportchi ishtirok etadi.
Ular orasida jarohatdan tiklanib qaytgan Rishod Sobirov va Yahyo Imomov ham bor. Tarkib quyidagicha:
-60 kg: Diyorbek O‘rozboyev
-66 kg: Rishod Sobirov
-73 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-81 kg: Yahyo Imomov
-100 kg: Ramziddin Saidov
+100 kg: Abdullo Tangriyev
-70 kg: Gulnoza Matniyozova
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish