Jahon | 23:39 / 29.10.2015
13262
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Moskvada Sarkozi bilan uchrashuvda unga sensirab murojaat qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi bilan Moskvada uchrashganda unga sensirab murojaat qildi.

“Men seni ko‘rganimdan xursandman, bir yil ko‘rishmadik”, deb aytdi Putin. Prezident bu vaqt ichida Yevropa, dunyoda hamda Rossiya va Fransiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda ko‘p voqealar bo‘lib o‘tganini ta'kidlab o‘tdi.

“Seni ko‘rganimdan va sen bilan bu muammolar bo‘yicha suhbat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdan mamnunman”, deb aytdi Putin Sarkoziga.

Rossiya prezidenti uchrashuv boshida Sarkozining Moskva davlat xalqaro munosabatlar universitetining (MDXMU) faxriy doktori unvonini olgani bilan tabrikladi. “Sizga endi qanday murojaat qilish kerak – janob prezidentmi yoki janob doktor?” deb murojaat qildi Putin Sarkoziga kulimsirab. Rossiya prezidenti Sarkozining MDXMUdagi ma'ruzasi “nafaqat zalda o‘tirgan tinglovchilarga jiddiy ta'sir qilganini” ta'kidlab o‘tdi.

Sarkozi Putinning vaziyatdan yaxshi xabardor ekanligini qayd qilib o‘tdi. “Kasbimiz shunaqa”, deb aytdi Putin kinoyali tarzda.

29 oktabrda Sarkozi MDXMUda ma'ruza o‘qidi. Shu kunning o‘zida unga MDXMU faxriy doktori unvoni berildi. Universitet rektori Anatoliy Torkunovning aytishicha, Sarkozi bu unvon bilan hamkorlik va Rossiya-Fransiya do‘stligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish