Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: terrorchilikka qarshi kurash xalqaro siyosatda birinchi o‘rinda turadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro maydonda birinchi navbatda terrorchilikka qarshi kurash masalasi turishini aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Putin bu haqda Germaniya vitse-kansleri Zigmar Gabriel bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
“Terrorchilikni yutib yoki juda bo‘lmasa unga jiddiy ziyon yetkazibgina siyosiy yo‘lda olga borish haqida gapirish mumkin”, deb aytdi Putin.
Putin vitse-kanslerga boshqa mavzularni ham muhokama qilishni taklif qildi.
“Agar boshqa masalalarni muhokama qilish imkoni bor va zarur deb hisoblasangiz, biz hamkasblarimiz bilan o‘zaro manfaatlarga to‘g‘ri keluvchi istalgan masalada gaplashishga tayyormiz va buni mamnuniyat bilan qilamiz”, deb aytdi Putin.