Jamiyat | 21:35 / 29.10.2015
4417
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda yana avtomashina o‘g‘irlandi

IIV matbuot xizmati navbatdagi mashina olib qochilishi sodir bo‘lganligidan xabar berdi.

Aytilishicha, Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi Olim ismli kishi IIB navbatchilik qismiga murojaat qilib, o‘ziga tegishli Nexia rusumli avtomashinasining avtoturargohdan o‘g‘irlab ketilganligini xabar qilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan militsiyachilar zarur choralarni ko‘rib, “To‘sib ushlash” tadbirini amalga oshirishdi. Tez orada avtomashinani olib qochishda gumon qilinib shu shaharda turuvchi 4 yigit qo‘lga olindi.
Ayni paytda tergov davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish