Jahon | 11:19 / 30.10.2015
6189
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh razvedkasi rahbari: Rossiyaning Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazish qarori shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan edi

Rossiyaning Suriyada “Jabhat an-Nusra” va IShIDga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazish qarori shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan edi. Bu haqda AQSh milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Klepperning so‘zlariga qaraganda, Rossiya rahbariyatining xatti-harakatlari, umuman olganda, “kutilmagan” tarzda amalga oshiriladi.
“Shaxsan men ularning uzoq istiqbolli strategiyasi bormi, yoki ular vaziyatga qarab harakat qiladimi, degan savolni ko‘p bora o‘zimga berib ko‘rganman”, - ta'kidladi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish