Jahon | 07:29 / 30.10.2015
2691
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Xitoy admirallari Janubiy-Xitoy dengizidagi vaziyatni muhokama qilishdi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari vakili AQSh va Xitoy admirallari Janubiy-Xitoy dengizidagi vaziyatni muhokama qilishganini ma'lum qildi. Bu hada Reuters axborot agentligi xabar berdi.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari admirali Jon Richardson va uning xitoylik hamkasbi, Xitoy Xalq-ozod qilish armiyasi floti qo‘mondoni, admiral U Shengli bir soat davomida videoanjuman o‘tkazdilar. Anjumanda ikki davlat floti o‘rtasidagi munosabatlar, yaqinda Janubiy-Xitoy dengizida o‘tkazilgan operatsiyalar va davlatlar o‘rtasida bu masalada munosabatlarni yaxshilash muhokama qilindi.

Avvalroq Xitoy Mudofaa vazirligi Xitoy harbiy kemalari Janubiy-Xitoy dengizidagi Xitoy orollari yaqinida patrul nazoratini olib borgan AQSh esminetsiga ogohlantirish qilganini ma'lum qilgan edi.   

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish