Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya Olimpiada vaqtida viza tartibini bekor qilmoqchi
Braziliyaga borishni istovchi sayyohlar 2016 yilning iyunidan sentabriga qadar, 90 kun davomida mamlakatga vizasiz kirishlari mumkin. Oktyabr boshida ushbu qonun loyihasini mamlakat parlamenti quyi palatasi deputatlari tasdiqlagan.
Shunga o‘xshash qonun tartibi 2014 yilda Braziliyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ham amal qilgandi. Faqat unda turistlarning qo‘lida bitta bo‘lsa ham o‘yinga tashrif buyurish chiptasi bo‘lishi lozim edi. "Natijada biz shunga amin bo‘ldikki, mamlakatda sayyohlar tomonidan olib kelingan foyda 60 foizga yuqoriladi”, — deb ma'lum qildi Braziliya sayyohlik vazirligi vaziri Enriki Eduardu Alves.