Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Flaviya Pennetta tennischilik faoliyatini yakunladi
Joriy yilgi “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi US Open turniri g‘olibasi Flaviya Pennetta rasman professional tennischilik faoliyatini yakunladi.
Singapurda davom etayotgan WTA`ning yakuniy turniri “Qizil” guruhida qatnashgan italiyalik tennischi uchinchi tur uchrashuvida rossiyalik Mariya Sharapovaga 5:7, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu bilan Pennetta guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi va yarim finalga chiqa olmadi. Aynan Sharapovaga qarshi kechgan uchrashuv 33 yoshli Flaviyaning faoliyatidagi so‘nggi bahs bo‘lib qoldi. Flaviya Pennetta faoliyati davomida 11ta yakkalik, 17ta juftlik turnirlarida bosh mukofotni qo‘lga kiritgan. Norasmiy jahon chempionati hisoblangan Federatsiya Kubogining to‘rt karra g‘olibi hisoblanadi.