Jahon | 18:38 / 30.10.2015
4442
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilish jarayoni boshlandi

Gruziyada mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilish jarayoni boshlandi, deb xabar berdi Gruziya adliya vaziri Tea Tsulukiani.

“Bir necha kun avval ukrain tilida rasmiy nota keldi, unda Mixail Saakashvili Ukraina fuqaroligiga olinganligi ma'lum qilingan. Ukrainaning rasmiy hujjati hisoblanadigan shu nota asosida Gruziya qonunchiligi va u tomondan o‘z zimmasiga olingan xalqaro majburiyatlarga ko‘ra biz bugun Mixail Saakashvilini Gruziya fuqaroligidan mahrum qilish jarayonini boshlaymiz”, deb aytdi vazir.

Vazirning aytishicha, Saakashviliga fuqarolik borasida bir to‘xtamga kelishi uchun “ma'lum muddat” taqdim qilinadi.

Avvalroq Mixail Saakashvili Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori etib tayinlangandan keyin Gruziya fuqaroligidan voz kechgani ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish