Jahon | 10:13 / 30.10.2015
2239
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 24 kishiga yetdi

Indoneziyada ikki oydan beri to‘xtamayotgan kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi. Bu haqda 30 oktabrda Indoneziyaning tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish milliy agentligi ma'lum qildi.

Avvalroq hukumat 19 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgandi. Qutqaruvchilar ma'lumotlariga ko‘ra, Yavada 4 kishi yong‘inni o‘chirishga urinib halok bo‘lgan. Yana bir kishining o‘limi tafsilotlari noma'lumligicha qolmoqda.

Sumatra va Kalimantan orollarida hamda mamlakatning aholi eng zich joylashgan oroli Yavada o‘rmonlar yonmoqda.

Indoneziya hukumati boshqa davlatlarga yordam so‘rab murojaat qildi. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Indoneziyaga ikkita B-200 amfibiya- samolyotini yubordi. Ma'lum qilinishicha, bu samolyotlardan foydalanish evaziga yong‘in jadalligini birmuncha bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish