Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelinlar eng omadsiz to‘y tortlarini namoyish qildilar
Kelinlar qandolatchilarga dastlab buyurtma berilganiga umuman o‘xshamaydigan “dahshatli” to‘y tortlarini namoyish qildilar. Daily Mail nashrining yozishicha, bayramona pishiriqning narxi 1 ming dollardan oshishi mumkin.
Agar to‘y kuni olib kelingan desert va'da qilingan “mukammallik” bilan hech qanday o‘xshashlik tomoni bo‘lmasa, bu juda ham ranjitishi mumkin. Yuzlab kelinlar o‘zlarining omadsiz tajribalari bilan Cake Wrecks saytida bo‘lishdilar va britan gazetasi “dahshatli” to‘y pishiriqlaridan eng yorqinlarini tanlab oldi.

Bunday tortlarning ba'zilarida boshqa ranglar ishlatilgan, boshqalarida kerakli qatlamlar yo‘q, uchinchilarida esa kutilmagan qo‘shimchalar borligi aniqlangan. Misol uchun, ba'zi desertlarda “ogohlantirishlarsiz” kelin-kuyovlarning “g‘aroyib” shaklchalari paydo bo‘lgan. Nashr bunday holatlardan eng yomonlaridan biri sifatida quyidagi voqeani keltiradi: bir juftlik BMW avtomobili ko‘rinishida to‘y tortini buyurtma qiladi, lekin qandolatchilar nafaqat avtomobilning beo‘xshov nusxasini yaratishgan, balki unga Barbi va Ken qo‘g‘irchoqlarini ham qo‘shib qo‘yishgan.

Nashr kelin-kuyovlarga kech bo‘lmasidan orzularidagi to‘y tortini uning to‘yga olib kelinishidan oldin shaxsan o‘zlari tekshirib ko‘rishlarini maslahat bermoqda.