Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konashenkov: Suriyadagi jangarilarning bir-biridan ko‘p farqi yo‘q
Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning Moskvadagi elchixonasi matbuot kotibidan Rossiya tomonidan Suriyada o‘tkazilayotgan harbiy amaliyotlariga bildirgan munosabati bo‘yicha izoh berishni so‘radi. Bu haqda general-mayor Igor Konashenkovga asoslanib, RIA Novosti xabar qildi.
Biroz oldinroq, elchixona vakili bergan intervyusida Rossiyaning Suriyada amalga oshirayotgan havo zarbalarining 80 foizi IShIDga emas, boshqa kuchlarga qarshi qaratilgani haqida aytib o‘tgandi.
Konashenkovning aytishicha, unda "Rossiyaning harbiy amaliyotlari asosan Suriya muxolifatiga qarshi qaratilgani" ayblovi bo‘yicha savollar bor.
"Suriyadagi guruhlarning bir-biridan farqi ko‘p emas. IShID kabi o‘z asirlarining boshini olish bilan shug‘ullanadigan "Al-Nusra fronti" va "Jaysh al-Fath" jangarilarini Suriya muxolifati sifatida qabul qilish kerakmi? Janob Stivensdan javob kutamiz", deydi general.
Biroz oldinroq, Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova G‘arb OAVlari orqali Rossiya samolyotlari tomonidan Suriyadagi harakatlariga shubha bilan qaralgan xabarlar tarqatilayotgani ruslarni ranjitayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 30 sentabr kuni Suriya iltimosiga ko‘ra, IShIDga qarshi amaliyotlar o‘tkazishni boshladi.