Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda faqat jonli ijro eta oladigan san'atkorlarga litsenziya beriladi
Respublikamiz va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmatini ko‘rsatish istagidagi san'atkorlar ijod namunalarini jonli ijro eta olgan taqdirdagina litsenziyaga ega bo‘ladi. Bu haqda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqaxxorov Kun.uz saytiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi qoshidagi Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi xuzurida maxsus ijodiy guruh tashkil etilgan bo‘lib, ushbu guruh a'zolari nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
2014 yildan boshlab esa litsenziya olish istagidagi san'atkorlar ijodiy guruh qarshisida ijod namunalarini jonli ravishda ijro etib berishi talab etilmoqda. Shundan so‘ng kengash xulosasiga ko‘ra faoliyat olib borish uchun litsenziya taqdim qilinadi.
Bunda vokal, ovoz eshitib ko‘riladi, sahnada o‘zini tutish madaniyati, she'r matni, musiqasi o‘rganilib, milliy estradamiz talablariga mos xonandalarga litsenziyalar topshiriladi.
Mazkur intervyuning to‘liq matnini yaqin vaqtlar ichida saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.