Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:20 / 30.10.2015
7637
1 daqiqa o‘qiladi
Reuters: Noma'lum davlat aviatsiyasi IShIDning Liviyadagi bazalariga zarba berdi
Liviyada noma'lum davlat samolyotlari IShID bazalariga havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda guvohlarga asoslangan holda Reuters nashri xabar bergan.
Sirt tumani hududida amalga oshirilgan bu hujumga qaysi davlat aviatsiyasi aloqador ekanini aniqlashning iloji bo‘lmagan.
Shuningdek, rasmiy hukumat ham bu hujum uchun mas'uliyatni zimmasiga olmagan.
Qayd etilishicha, oktabr oyida ikkinchi marta shunday hodisa yuz bermoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish