Jahon | 06:51 / 30.10.2015
2036
1 daqiqa o‘qiladi

Sheremetevo aeroportida qolayotgan suriyalik qochqinlarga Rossiyada boshpana berilishi mumkin

Sheremetevo aeroportining tranzit hududida bir oydan ko‘proq yashayotgan suriyalik qochqinlar oilasi Rossiyada vaqtinchalik boshpana olishi mumkin, deb xabar bermoqda Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiyga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi.

“Sheremetevo aeroportining tranzit hududida bo‘lgan suriyalik fuqarolar bilan bog‘liq vaziyat nazoratimizda turibdi. Ayni paytda ular tomonidan qalbaki hujjatlar bo‘yicha Rossiya davlat chegarasining noqonuniy kesib o‘tilishi bo‘yicha jinoiy ish olib borilmoqda”, deb aytdi Romodanovskiy.

Federal migratsiya xizmati rahbari sud qarori chiqarilganda, migratsiya xizmati suriyaliklarga Rossiya hududida boshpana taqdim qilinishi masalasini takroran ko‘rib chiqilishini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish