Jahon | 11:04 / 30.10.2015
3772
1 daqiqa o‘qiladi

To‘rt insonning qotili oradan 30 yil o‘tib Floridada qatl etildi

Florida hukumati 30 yil muqaddam sudlangan, o‘zining sobiq rafiqasi, uning besh yashar qizi, onasi va singlisining qotiliga aylangan jinoyatchini qatl etdi. Hukm jazoni ijro etuvchi tuzilmalar tomonidan amalga oshirildi.

59 yoshli Jyerri Korrell 1986 yilda aybdor deb topilgan va har bir qotillik uchun unga o‘lim jazosi tayinlangan edi. U qilgan ishidan afsuslanmaganini aytgandi. Uning o‘lim oldi iltimosiga ko‘ra, “ruhining tinch va xotirjam bo‘lishi” uchun ikkinchi qizi bilan telefon orqali suhbatlashtirishdi.

Umuman olganda, o‘lim jazosi AQShning ushbu 31-shtatida amal qiladi. AQShda joriy yilning aprel oyida 3002 nafar mahbus o‘lim jazosining amalga oshishini kutdi. Mamlakatda o‘lim jazosi qayta kuchga kiritilgach, sentabr oyidan beri 1414 nafar mahbus oliy jazoga tortildi. Oliy jazoni maxsus tayinlangan tuzilmalar amalga oshiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish