Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada grippdan bir kunda xalos qiluvchi dori muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
Yaponiyada grippdan bir kunda davolovchi dori birinchi klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi. Bu haqda 30 oktabrda Nikkei gazetasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Dori vositasi gripp virusining ko‘payishiga zarur bo‘lgan fermentlarning virusga kelishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning evaziga butunlay tuzalib ketish uchun dorini bir kun davomida iste'mol qilish kifoya qiladi.
Dorining tajribada qo‘llanishining 2-bosqichi noyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, aynan shu vaqtda gripp bilan kasallanish holatlari keskin ko‘payib ketadi. Dori bir necha yuz kishida sinovdan o‘tkaziladi.
Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tabletka ko‘rinishidagi dorining samaradorligi va xavfsizligi tasdiqlangandan keyin uni litsenziyalash bo‘yicha zaruriy jarayonni o‘tkazadi. Yangi dori vositasi 2018 yildan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.