Jahon | 09:18 / 31.10.2015
4609
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh razvedkasi rahbari Putinning Suriyadagi harakatlarini “improvizatsiya” deb aytdi

AQSh milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepperning fikricha, Kremlning Suriyadagi harakatlarining kuchaytirilishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning puxta o‘ylangan rejasi bilan emas, balki “improvizatsiyasi” bilan bog‘liq, deb xabar berdi CNN telekanali.

Klepperdan “Rossiya yetakchisida Suriya bo‘yicha reja bormi?” deb so‘ralganda, “Men unda shunday reja bor deb ishonch bilan ayta olmayman. Fikrimcha, u kundan-kunda improvizatsiya qilmoqda”, deya javob berdi.

Klepperning aytishicha, AQSh hukumati Obama boshchiligida Rossiyaning Suriyadagi ishtirokiga tayyor edilar. “Biz bu haqda juda yaxshi bilardik, operatsiya qachon boshlanishini ular boshlanishidan ancha oldinroq bilardik”, deb aytdi Klepper.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish