Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyada Iroq haqida qayg‘urgani uchun jang qilmoqda
AQSh Suriyada Iroq borasida qayg‘urayotgani sababli urush olib borayotganini tasdiqladi. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot kotibi Josh Ernest 30 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.
Ernestning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar tomonidan ilgari suriladigan dalillar AQSh va uning koalitsiya bo‘yicha sheriklari Iroq tomonidan yuborilgan aniq so‘rov hamda uning hududida IShIDning qo‘qqisdan qilingan hamlalari yuzasidan bildirilgan xavotirlariga javob beradi.
“Dastavval bizning javobimiz Iroq hukumatiga milliy xavfsizlik uchun ushbu tahdidlar yuzasidan ko‘mak ko‘rsatishdan iborat edi, - davom ettirdi Oq uy vakili. – Biroq mazkur milliy xavfsizlikka tahdid Suriyadan chiqib kelayotgani ma'lum bo‘ldi. IShID Suriyada o‘zi uchun Iroq milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan tayanchni yaratib olgan.
Suriya markaziy hukumati esa Iroq milliy xavfsizligi uchun raxna solayotgan xavfni bartaraf etish maqsadida zarur choralarni ko‘ra olmagan yoki buni istamagan. Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari mazkur aksiyani amalga oshirib, Iroq milliy xavfsizligi haqida qayg‘urmoqda va Suriya markaziy hukumati bu borada choralarni ko‘ra olmaydi yoki o‘zi buni amalga oshirishni istamasligi to‘g‘risida ma'lumotlarga ega”.