Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamchatkada falokatga uchragan MiG-31 uchuvchilari muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindilar
Kamchatkada falokatga uchragan MiG-31 samolyotining ikki uchuvchisi Sharqiy harbiy okrug qidiruv-qutqaruv xizmati tomonidan Yelizovo aerodromiga muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindilar, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
Qutqaruv xizmati uchuvchilar tushgan joyga qidiruv hududida havo yaxshilanishi bilan yetib kelganlar. Shifokorlar uchuvchilarni dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganlaridan keyin, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayotgani haqidagi xulosaga kelishdi.
30 oktabrda kechki payt MiG-31 qiruvchi samolyoti o‘quv-mashg‘ulot parvozini bajargandan keyin Kamchatka o‘lkasidagi o‘zi joylashgan aerodromga qaytayotganda aloqaga chiqmagan. U Klyuchi aholi punkti aerodromidan 150 km uzoqlikda radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyotni qidirishga Il-38 patrul samolyoti jo‘natilgan. Patrul samolyoti ekipaji falokatga uchragan samolyotning ishlayotgan avariyaviy radiomayoqi bo‘yicha uchuvchilarni, ularning parashyutlari va signal gulxanini aniqlagan.