Jahon | 11:30 / 31.10.2015
3426
2 daqiqa o‘qiladi

Obamaning partiyadoshlari uning Suriyaga maxsus qo‘shinlarni yuborganini tanqid qilishdi

AQSh Demokratik partiyasi a'zolari 30 oktabrda AQSh prezidenti Barak Obamaning Suriyaga maxsus qo‘shinlarni yuborishga qaror qilganini tanqid qilishdi. Obama partiyadoshlarining noroziligiga Vashingtonning harbiy ixtiloflardagi ishtirokiga chek qo‘yishga va'da bergan Obamaning Suriyadagi harbiy operatsiyani cho‘zib yuborgani sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik demokratlar Obama bunday qadamni Suriyada aniq strategiyaga ega bo‘lmay turib amalga oshirgan, degan fikrga kelmoqdalar.

AQSh Kongressi senatining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi Kris Merfi AQSh maxsus qo‘shinlarining Suriyaga yuborilishi AQShni “cheki va oxiri ko‘rinmayotgan Suriyadagi fuqarolik urushiga” tortmoqda. Merfi va boshqa demokratlar Vashington Suriyaga amerikalik harbiylarning kichik guruhini yuborib, mamlakatni Suriya prezidenti Bashar Asad bilan oshiqchasiga harbiy qarama-qarshilikka jalb qilishi xavfiga solmoqda.

Demokratlarning fikricha, prezidentning bu qarori uning 2013 yil 10 sentabrda aytgan so‘zlariga umuman ziddir. “Men Suriyaga AQSh quruqlikdagi kuchlarini yubormoqchi emasman. Men Suriyada Iroq va Afg‘onistondagi kabi muddatsiz missiyalarni o‘tkazmayman”, deb aytgandi o‘shanda Obama.

Senator Brayan Shatts (Gavayi oroli vakili) qo‘shinlarning yuborilishini “strategik xato” deb atadi. Bu qaror “AQSh tashqi siyosatida anchagina o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rsatadi”. “Bu o‘zgarishlar Kongressda debatlarsiz o‘tmoqda va IShIDga qarshi kurashdagi maqsadiga erishishi dargumon. Buning o‘rniga AQShga Suriyadagi fuqarolik urushiga tortish bilan xavf solmoqda”, deb aytdi Shults.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish