Jahon | 13:19 / 31.10.2015
10989
1 daqiqa o‘qiladi

Reyter: Misr Rossiya samolyotning qulab tushganini rasman tasdiqladi

Misr hukumati Rossiya samolyotning Sinay markaziy qismida qulab tushganini rasman tasdiqladi, deya xabar bermoqda Reyter agentligi.
Hukumatning rasmiy bayonotida keltirilishicha, mamlakat bosh vaziri Sharif Ismoil layner falokati bo‘yicha inqiroz qo‘mitasini tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktabr kuni Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish