Jamiyat | 09:09 / 31.10.2015
10266
1 daqiqa o‘qiladi

Sayyoradagi eng quruq cho‘l gullar bilan qoplandi

Shimoliy Amerikada xavfli bo‘ronlar, toshqinlar va ko‘chkilar olib keluvchi El-Nino hodisasi Chili qirg‘oqlaridan birida doim qaqrab yotuvchi Atakama cho‘liga kutilmaganda o‘zgacha manzara kashf etdi. Sayyordagi eng qurg‘oq yer hisoblanmish ushbu maskan bir yilda ikkinchi bor gullar bilan qoplandi. Bu haqda Yahoo News xabar bermoqda.

2015 yilda El-Nino Atakama cho‘liga kutilmaganda og‘ir yog‘ingarchilik olib keldi. Natijada ayrim "uxlab yotgan" gul turlari g‘uncha yozdi. Atakama cho‘li nolan, bomereya, rodofial, fuksiya va boshqa turdagi gullarning sariq, qizil, siyohrang va oq ranglari bilan butkul qoplandi.

Birinchi gullash vaqti joriy yilning mart oyiga to‘g‘ri kelgandi. Ammo o‘shanda kelgan noqulay ob-havo tufayli toshqin yuzaga kelgan, buning natijasida 40 nafarga yaqin kishi halok bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish