Jamiyat | 12:09 / 31.10.2015
1905
1 daqiqa o‘qiladi

Virginiyada kimyo darsida chiqqan yong‘in sabab olti kishi jarohatlandi

Virginiyadagi Ferfaks okrugi maktablaridan biridagi kimyo darsida chiqqan yong‘in sabab, bir nafar o‘qituvchi va besh nafar o‘quvchi jarohatlandi, deb yozmoqda Washington Post.

Mahalliy amaldorning ma'lum qilishicha, yong‘in oqibatida ikki o‘quvchi jiddiy jarohatlangan. Ularni tibbiy vertolyotlar yordamida Vashingtonga olib borishgan. Qolgan uch nafar jabrdiyda mahalliy shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar o‘qituvchining sog‘lig‘ini tekshirib ko‘rishganida, u ozroq kuyganligi ma'lum bo‘lgan.

Hodisa aynan dars o‘tilayotgan vaqtda bo‘lgan, uning sabablari o‘rganilmoqda. Bo‘lib o‘tgan voqea sabab Vudson maktabidagilarning barchasi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish