Jahon | 18:49 / 01.11.2015
2520
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Chadda terakt amalga oshirgan 11 jangari o‘ldirildi

1 noyabr kuni Chad ko‘li atrofidagi hududda 2 marta portlash yuz berib, 11 kishi jarohatlandi. Terakt sodir etgan "Boko Haram" jangarilaridan 11 nafari yo‘q qilindi. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslanib, AFP xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, jangarilarning harakati mahalliy harbiylar tomonidan to‘xtatilgan, lekin ularning hujumi tufayli tinch aholi vakillaridan 11 nafari jarohatlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish