Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:28 / 01.11.2015
2937
1 daqiqa o‘qiladi
Oyatulloh Ali Hamaneiy Suriyadagi inqirozni saylovlar orqali hal qilish lozimligini aytdi
Eronning oliy diniy yetakchisi Oyatulloh Ali Hamaneiy Suriyadagi inqirozni saylovlar orqali hal qilish lozimligini aytdi. Bu haqda Al Mayadeen telekanali ma'lum qildi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, “Hamaneiy Suriya ixtilofini hal qilish vositasi bo‘lib saylov hisoblanadi, degan fikrni bildirgan”.
Shu bilan birga, oliy diniy yetakchi “Suriya muholifatiga xorijiy moliyaviy va harbiy yordamni” zudlik bilan to‘xtatish zarurligini aytdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish