Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik harbiylar Suriyada 1,5 tonnalik, kuchli KAB-1500 bombalarini qo‘llashni boshlashdi
Rossiya harbiy-koinot kuchlari (HKK) Suriyada terrorchilarga qarshi lazer qurilma bilan jihozlangan kuchli KAB-1500 aviatsion bombalarini qo‘llashni boshladi. 31 oktabrda jurnalistlar ko‘z o‘ngida Su-34 bombardimonchi samolyotiga KAB-1500 bombasi o‘rnatildi.
“Bu bombalar yuqori aniqlikka ega ekani bilan farqlanib turadi. Ularga mo‘ljalga o‘z-o‘zidan to‘g‘rilovchi lazer qurilma o‘rnatilgan”, deb aytdi HKK rasmiy vakili Igor Klimov. Klimovning aytishicha, bomba yer osti bunkerlari va temir-beton panagohlarga zarba berish uchun qo‘llanadi. Uning jangovor qismi kapsulasi 3 metr qalinlikdagi tomlarni tesha oladi va yer ostiga 20 metrgacha kira oladi.
Klimovning ta'kidlashicha bunday bombalar shaharlarga tashlanmaydi. Ular alohida muhim nishonlarni yo‘q qilish uchun ishlatiladi. Bunday raketalar avval Afg‘oniston va Chechenistonda ishlatilgan.
Ma'lum qilinishicha, OAV vakillari oldida bomba bilan jihozlangan Su-34 samolyoti jangarilar pozitsiyalari joylashgan Suriya sharqiga vazifani bajargani uchib ketgan.
Bir necha kun avval OAVlarda Suriyadagi operatsiya tufayli Rossiyadagi raketa ishlab chiqaruvchi zavodlar uch smenada ishlashlariga to‘g‘ri kelayotgani ma'lum qilingandi.