Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«007: Spektr» filmi Buyuk Britaniyada rekord darajada mablag‘ yig‘di
Bond sarguzashtlari haqidagi filmlarning 24-qismi, «007: Spektr» filmi Buyuk Britaniya kinoprokatida namoyishlarning ilk haftasidayoq 80,4 mln dollar jamg‘ardi va Buyuk Britaniya rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Deadline xabar tarqatdi.
Bu boradagi oldingi rekord ham Jyeyms Bond haqidagi film, franshizaning avvalgi kartinasi — «007: Skayfoll» bo‘lgan (u keyinchalik jahon bo‘ylab 1,1 milliard dollar to‘plagandi).
Qayd etilishicha, 26 oktabr kuni jahon ekranlariga chiqarilgan bu film 30 oktabrga kelib, 31,2 mln dollar ishlashga ulgurgan. «007: Skayfoll» filmining natijasi esa 4 kun ichida 31 mln dollarga teng bo‘lgandi.