Sport | 11:05 / 02.11.2015
4420
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» klubi futbolchilarining qilig‘i uchun «Xetafe» jamoasidan uzr so‘radi

"Barselona" klubi Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan "Xetafe"ga qarshi o‘yindan keyin futbolchilari tomonidan amalga oshirilgan ish uchun rasman uzr so‘radi.

O‘shanda kataloniyalik bir qator futbolchilar o‘yindan keyin Hellouin bayramini nishonlash maqsadida qo‘rqinchli niqoblarni taqib olib, matbuot anjumani bo‘layotgan zalga bostirib kirishgandi. O‘sha paytda anjumanda mezbonlar yarim himoyachisi Viktor Fernandes jurnalistlar savollariga javob qaytarayotgandi.

"Barselona" klubi sodir bo‘lgan ishdan qattiq afsusda. Biz rasmiy ravishda kechirim so‘ramoqchimiz. Futbolchilarimiz raqiblarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladilar. Ular bilmagan holda matbuot anjumani bo‘layotgan zalga kirib qolishgan.

Jamoa "Xetafe" klubidan va shaxsan Viktor Fernandesdan kechirim so‘raydi", - deyiladi bayonotda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish