Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzema va Beyl "PSJ"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishadi
"Real" klubi futbolchilari Karim Benzema va Garet Beyl Chempionlar ligasidan o‘rin olgan "PSJ"ga qarshi bahsda maydonga tusha olishmaydi. Bu haqda Marca xabar tarqatgan.
Har ikki futbolchi ham jarohatlaridan tiklanishga ulgurishmagan. Beyl Ispaniya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan "Levante"ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Benzema esa Fransiya terma jamoasi tarkibida jarohatlangan.
Darvozabon Keylor Navas, himoyachilar Pepe, Serxio Ramos, Alvaro Arbeloa, yarim himoyachilar Luka Modrich va Xames Rodriges uchrashuv qaydnomasidan o‘rin olishlari mumkinligi xabar qilinmoqda.