Jamiyat | 10:36 / 02.11.2015
3956
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik jurnalist Rossiya yoshlarining Hellouinga qarshi tadbirlarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Sherzod Qudratxo‘jayev Hellouin bayramini nishonlashga qarshi chiqayotgan rossiyaliklarni qo‘llab-quvvatladi. Ilgariroq bir guruh rossiyaliklar bu bayramga qarshi aksiyalar boshlagani ma'lum bo‘lgan edi.

“O‘ylaymanki, Yevroittifoq va Amerikaning sanksiyalari ham bu baho va talqinga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qo‘ymagan. Azamatlar, to‘g‘ri o‘ylay boshlashdi, ilgariroq shunday qilish kerak edi... O‘z bayramlari ham yetarlicha bor. Ijtimoyi tarmoqlarda bizning ayrim qovoqkallalarimiz ham ommaviy madaniyatsizlik surnayi ostida raqs tusha boshlaganini ko‘rmoqdaman... Uyat, do‘stlar!!!”, - deb yozdi u o‘z sharhlarida.

Ilgariroq O‘zbekiston madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Fotih Jalolov matbuotning bu boradagi so‘roviga javob berarkan, mamlakat boy tarixga va an'analariga ega bo‘lgani uchun xalq orasida xorijning ayrim bayramlari shuhrat qozona olmaganini ta'kidlab o‘tgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish