Jahon | 15:22 / 02.11.2015
3125
2 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun: poraxo‘rlik ko‘plab kulfatlar, jumladan, terrorizm xavfini keltirib chiqaradi

Poraxo‘rlik ko‘plab dunyo miqyosidagi kulfatlar, shu jumladan, terrorizmning xavfini keltirib chiqaradi, dedi BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Poraxo‘rlikka qarshi konvensiyasi ishtirokchi mamlakatlarining oltinchi sessiyasi (CoSP6)da qilgan nutqida.

“sentabr oyida dunyo davlatlari yetakchilari Nyu-Yorkka 2030 yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibini tasdiqlash maqsadida jam bo‘lgan edi, - deya eslab o‘tdi Pan Gi Mun o‘z murojaatida. – 17ta maqsad orasida barcha shakldagi poraxo‘rlikka barham berishvazifasi ham qo‘yilgan. Undan butun dunyo aziyat chekmoqda”. BMT bosh kotibining so‘ziga ko‘ra, mazkur global muammo boshqa qonunbuzarliklar, jumladan, terrorizm xavfini keltirib chiqarmoqda.

Peterburgdagi aksilkorrupsiya konferensiyasi 6 noyabrga qadar davom etib, uning dasturidan seminarlar, davra suhbatlari, o‘z mamlakatida poraxo‘rlikka qarshi kurashga javobgar tashkilotlar yig‘ilishlari, jami bo‘lib ushbu mavzuga bag‘ishlangan 35ta tadbir tashkil etiladi. Sessiya yakuniga ko‘ra Sankt-Peterburg deklaratsiyasi va 10ga yaqin rezolyutsiya qabul qilinishi taxmin qilinmoqda.

Poraxo‘rlikka qarshi Konventsiya 2003 yil 31 oktabr kuni BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilinib, 2005 yil 14 dekabr kuni kuchga kirgan edi. Uni dunyoning 177 mamlakati, shu jumladan, O‘zbekiston ham 2008 yil 7 iyulda ratifikatsiya qilgan. Shuningdek, respublikamizda BMT tomonidan qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 y.) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish