Texnologiya | 15:09 / 02.11.2015
2567
1 daqiqa o‘qiladi

Porsche butun dunyo bo‘ylab 60 mingta avtomobilini qaytarib oladi

Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Porsche konserni butun dunyo bo‘ylab 60 mingta jip modelidagi Macan S va Macan Turbo modelli avtomobillarini qaytarib oladi, deya xabar beradi Deutsche Welle.

Germaniyaning o‘zida 3,64 ming dona avtomobil ortga qaytariladi. Korxona bunga sabab sifatida yoqilg‘i uzatish tizimidagi nosozlikni ko‘rsatib o‘tgan. Porsche avtomobil egalariga salonda yoqilg‘i hidi sezila boshlaganda, uni darhol yaqin hududda joylashgan kompaniya xizmat ko‘rsatish markaziga yetkazishlarini maslahat bermoqda.

Yuqorida nomi keltirilgan manbaning qayd etishicha, bu Porsche tarixidagi eng ko‘p mashinalarni ortga qaytarib olish bo‘lmoqda. 2014 yilda avtokonsern butun dunyo bo‘yicha 189 850 dona avtomobil sotgan. 2015 yilda kompaniya 200 mingdan kam bo‘lmagan miqdorda mashina sotishni rejalashtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish