Jahon | 06:55 / 02.11.2015
3700
1 daqiqa o‘qiladi

Qutqaruvchilar Misrdagi aviahalokatda halok bo‘lganlarning 171 nafar jasadini topishdi

Qutqaruvchilar Misrning Sinay yarimorolida Rossiya aviakompaniyasi samolyotining falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlarning 171 nafari jasadini topishdi, deb xabar bermoqda favqulodda vaziyatlar tezkor shtabi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Ayni paytda 171 nafar jasad, ko‘plab inson tanalari bo‘laklari topildi”, deb aytdi manba.

Manbaning aytishicha, jasadlar Qohira morglariga tezkor-tergov harakatlarini amalga oshirish uchun yetkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish