Jamiyat | 08:25 / 02.11.2015
2774
1 daqiqa o‘qiladi

Siyosatchi Nikola Sterjyen Shotlandiyadagi eng mashhur shaxs sifatida tan olindi

Shotlandiya milliy partiyasi yetakchisi Nikola Sterjyen mamlakatning eng taniqli kishisi deb tan olindi. Bu haqda The Independent nashri yozgan.

YouGov ijtimoiy tadqiqotlar xizmati ma'lumotiga ko‘ra, bu reytingda siyosatchi Sterjyendan keyin tennischi Endi Marrey va musiqachi Billi Konnolli joylashgan.

Shotlandiya milliy partiyasining sobiq rahbari Aleks Salmond esa bu reytingda to‘rtinchi o‘rinda.

"Bu siyosatchilar uchun ajoyib ko‘rsatkich. Nikola Sterjyen o‘z tarafdorlarining keng qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lib turibdi", deyiladi ijtimoiy so‘rovnoma xizmati.

Qayd etish kerakki, kuchli o‘nlikda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va shahzoda Uilyamning rafiqasi Keyt Middlton nomlari ham bor.

YouGov o‘tkazgan so‘rovnomada 30 mingdan ortiq kishi qatnashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish