Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada hovlida zaharli ilonni tutib olgan go‘dak uni tishlab o‘ldirdi
Braziliyaning Mostardas shahrida 17 oylik Lorentso o‘zi yashaydigan uyning orqa hovlisida tutib olgan zaharli ilonni tishlab, o‘ldirdi, deya yozmoqda Latin American Herald Tribune nashri.
Bolaning ota-onasi uni zudlik bilan shifoxonaga yetkazishgan, biroq shifokorlar go‘dakda biror zaharlanish alomatlarini qayd etishmadi.
Onasining Gaucha radiostansiyasi efirida ma'lum qilishicha, bolasi jim bo‘lib qolganidan shubhalanib tashqariga chiqqanida Lorentso hali joni chiqmagan ilonni tishlari orasida tutib turgan edi.
Ayolning qo‘shimcha qilishicha, Lorentsoning qo‘lidagi ilonni olishga yordam berishi uchun zudlik bilan turmush o‘rtog‘ini chaqirgan.