Jahon | 18:50 / 03.11.2015
3085
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada o‘rtacha daromad 3 ming yevrodan oshdi

2014 yil yakunlariga ko‘ra Finlyandiyada o‘rtacha daromad 3 ming yevrodan oshdi. Bu haqda mamlakat soliq ma'muriyatiga tayangan holda Yle nashri xabar bermoqda.

Eng boy finlarning (10 foiz) o‘rtacha daromadi 4.9 ming yevrodan oshgan, 10 foiz “eng kambag‘allar”ning daromadi esa 2.1 ming yevroga teng bo‘lgan. O‘rtacha oylik maosh esa yil yakunlariga ko‘ra 3.3 ming dollarni tashkil qildi.

Daromadlarining 30 foizini fuqarolar davlatga to‘lashadi. Daromad solig‘i, pensiya va ijtimoiy fondlarga beriladigan to‘lovlar shular jumlasidandir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish